Bu haqida Buxoro viloyati ekologiya boshqarmasi matbuot xizmatiga tayanib, Davlat ekologiya qo'mitasi xabar bermoqda.

 Reyd tadbiri  davomida SHofirkon  tumani G'alaba cho'l massivi hududidan fuqaro T.Sh tomonidan  noqonuniy tarzda qum-shag'al aralashmasini qazib olayotganligi holati aniqlandi.

Ushbu holat yuzasidan fuqaroga nisbatan O'zbekiston Respublikasi MJtKning 70-moddasi 1-qismi bilan bayonnoma rasmiylashtirilib, 3 million so'm jarima belgilandi.