Semizlikni davolashning bunday eksperimental usuli Janubiy Avstraliya universiteti olimlari tomonidan taklif qilindi va bu haqdagi maqola Pharmaceutics jurnalida chop etildi.

Bunday “qum terapiyasi” allaqachon hayvonlarda muvaffaqiyatli sinovdan oʻtgan – semiz sichqonlarning ovqatiga kremniy zarralari qoʻshilishi kemiruvchilarning vaznini yoʻqotishiga yordam berdi. Bundan tashqari, shifobaxsh qumni oziq-ovqat qoʻshimchasi sifatida qabul qilgan semiz odamlar bilan klinik sinov oʻtkazildi. Sinov bunday davolanishning mutlaq xavfsizligini koʻrsatdi.

Biroq, hozirgacha olimlar “qum terapiyasi”ning taʼsiri nimaga asoslanganligini toʻliq aniqlay olishmadi. Ushbu masalani tushunish uchun tadqiqotchilar yogʻli va shakarli ovqatlarni isteʼmol qiladigan odamning ovqat hazm qilish tizimiga oʻxshash “in vitro” sharoitlarini hosil qilishdi.

Maʼlum boʻlishicha, kremnezem zarralar yogʻlar va uglevodlarni faol ravishda oʻzlashtiradi, ularning ichak devorlari orqali qonga singib ketishiga toʻsqinlik qiladi, shuningdek ovqat hazm qilish fermentlarining faolligini soʻndiradi. Tajribalar shuni koʻrsatdiki, oʻlchami 6-10 nanometr boʻlgan zarrachalar bu borada eng maqbul ekani aniqlandi.

Olimlarning fikricha, dunyoning rivojlangan mamlakatlarida avj olgan semizlik epidemiyasi ushbu kasallik bilan kurashishning yangi samarali va xavfsiz usullarini izlashga undamoqda. “Qum terapiyasi” ushbu talablarga javob beradi, chunki u hech qanday salbiy taʼsir koʻrsatmaydi, u boshqa organlar va tizimlarning ishiga taʼsir qilmaydi.

Kelajakda tadqiqotchilar ushbu usulning odamlarda samaradorligini baholashga moʻljallangan klinik sinovlarni oʻtkazishni rejalashtirmoqda. Sinovlar davomida ishtirokchilar qum zarralari qoʻshilgan qoʻshimchani qabul qilgach, qancha vazn yoʻqotishi tekshirib koʻriladi.