Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Termiz tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro J.E. va boshqalar oʻzaro til biriktirib, Surxondaryo oʻrmon xoʻjaligi hududidagi 3 gektar yer maydonida 20 ming kub hajmdagi noruda foydali qazilma hisoblangan tabiiy qum xom ashyosini oʻzboshimchalik bilan qazib olib, davlat va jamiyat manfaatlariga 2 mlrd soʻm zarar yetkazganliklari aniqlangan.
Shu kabi, Departamentning Bekobod tumani boʻlimi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda “Avangard” massivi hududida fuqaro A.A. va boshqalar oʻzaro til biriktirib, 21,6 ming kub hajmdagi noruda foydali qazilma hisoblangan tabiiy qum xom ashyosini oʻzboshimchalik bilan qazib olganliklari aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 229-moddasi (oʻzboshimchalik) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.