Farrux Xoliqov Milliy kadrlar zaxirasidan tavsiya etilgan.

Maʼlumot uchun, Farrux Xoliqov 1985-yilda Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida tugʻilgan. U 2009-yilda Toshkent davlat yuridik institutini, 2016-yilda Bosh prokuratura oliy oʻquv kursini huquqshunoslik mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan.

Tayinlovga qadar Denov tumani prokurori lavozimida faoliyat yuritib kelgan.

Shu kungacha Qumqoʻrgʻon tumani hokimi lavozimida faoliyat yuritib kelgan Anvar Normamatov boshqa ishga oʻtishi munosabati bilan lavozimidan ozod etilgani maʼlum qilindi.