Toshkent xalqaro aeroportiga xorijiy mamlakatdan uchib kelgan fuqaro R.M.ning yuklari o‘rnatilgan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi.
Natijada, yuklar orasida bojxona nazoratiga taqdim etilmagan va shaxsiy ehtiyojlar uchun o‘rnatilgan meʼyorlardan ortiqcha bo‘lgan 74 dona ishlov berilmagan qunduz mo‘ynalari borligi aniqlanadi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.