Shuningdek, ularining ayrim seriyalarida propilenglikol moddasi oʻrniga yoki u bilan birga etilenglikol va diyetilenglikol moddalari mavjudligi aniqlangan.
Shu bois, Sogʻliqni saqlash vaziri “Quramax”ning barcha dorilari savdosini toʻxtatish boʻyicha topshiriq berdi
Eslatib oʻtamiz, avval ham yaʼni 22-dekabr kuni Sogʻliqni saqlash vazirligi “Dok-1 Maks” sotuvi toʻxtatilganini maʼlum qilgan edi.
29-dekabr kuni Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi ushbu dori vositalarini sotuvchi ulgurji tashkilotlarga Marion Biotech kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan „Ambronal“ siropi savdosini toʻxtatib, dorixonalardan qaytarib olishni buyurgan.