Qurbon Hayiti bayrami kuni Toshkent metrosi maʼlum vaqt bepul boʻladi

    Transport 5 Iyun 2025 941

    Bayram munosabati bilan Toshkent metropoliteni poyezdlar qatnovi va metro ish vaqtini eʼlon qildi.

    Qayd etilishicha, shu yilning 6-iyun — Qurbon Hayiti bayrami kuni yoʻlovchilarga qulaylik yaratish maqsadida Toshkent metropoliteni odatdagidan ikki soat oldin, yaʼni, tonggi soat 03:00 dan ish faoliyatini boshlaydi.

    Bundan tashqari, Qurbon Hayiti bayrami kunida barcha yoʻlovchilar uchun Toshkent metropoliteni soat 03:00 dan 10:00 ga qadar yoʻlovchilarga bepul xizmat koʻrsatadi.

    Shuningdek, metro yoʻlovchilariga bayram munosabati bilan belgilangan boshqa dam olish kunlarida quyidagicha tartibda poyezdlar harakati yoʻlga qoʻyiladi.

    7-iyun — shanba kuni uchun belgilangan jadval boʻyicha;

    8-iyun — yakshanba kuni uchun tasdiqlangan jadval asosida soat 05:00 dan xizmat koʻrsatiladi.