Ularda davlatimiz rahbari va Oʻzbekistonning koʻp millatli xalqiga farovonlik, tinchlik-osoyishtalik va ravnaq, umumiy global xatarlarni tez fursatda yengib oʻtish tilaklari izhor etilgan.
Quyidagilar oʻz tabriklarini yoʻllagan:
Qozogʻiston Respublikasining Birinchi Prezidenti – Elboshi Nursulton Nazarboyev;
Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev;
Qirgʻiziston Respublikasi Prezidenti Sooronbay Jeenbekov;
Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon;
Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov;
Afgʻoniston Islom Respublikasi Prezidenti Ashraf Gʻani;
Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻan;
Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev;
Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti shayx Xalifa bin Zoid Ol Nahayon;
Birlashgan Arab Amirliklari Vitse-prezidenti, Bosh vaziri, Dubay Amirligi hokimi shayx Muhammad bin Roshid Ol Maktum;
Birlashgan Arab Amirliklari Qurolli kuchlari Bosh qoʻmondoni oʻrinbosari shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon;
Eron Islom Respublikasi Prezidenti Hasan Ruhoniy;
Misr Arab Respublikasi Prezidenti Abdulfattoh as-Sisi;
Yaman Respublikasi Prezidenti Abdurabbu Mansur Hodiy;
Falastin Prezidenti Mahmud Abbos;
Oʻmon Sultoni Haysam bin Toriq Ol Said;
Kavkaz musulmonlari idorasi raisi Ollohshukur Poshshozoda;
Islom hamkorligi tashkiloti bosh kotibi Yusuf al Usaymin;
Islom taraqqiyot banki guruhi prezidenti Bandar Hajar;
Taʼlim, fan va madaniyat masalalari boʻyicha Islom tashkiloti bosh direktori Salim al Malik.
Qutlovlar kelishi davom etmoqda.