Yurtimizdagi jome masjidlarda 2023-yil 28-iyun chorshanba kuni Qurbon hayiti namozini oʻqish vaqtlari maʼlum boʻldi.

Unga koʻra, Toshkent shahridagi jome masjidlarda shu yil 28-iyun kuni ertalab soat 05:15 da Qurbon hayiti namozi oʻqiladi.

Respublikamizning boshqa hududlarida esa Qurbon hayiti namozi jome masjidlarda quyidagi vaqtlar tafovutini inobatga olgan holda ado etiladi:

1. Andijon 05:10

2. Namangan 05:10

3. Fargʻona 05:10

4. Toshkent sh. 05:15

5. Toshkent v. 05:20

6. Sirdaryo 05:25

7. Jizzax 05:30

8. Samarqand 05:35

9. Navoiy 05:40

10. Qashqadaryo 05:40

11. Buxoro 05:40

12. Surxondaryo 05:40

13. Xorazm 05:50

14. Qoraqalpogʻiston Res. 05:50

Ushbu jadvalda koʻrsatilgan vaqtlar quyosh chiqqanidan keyin 20-25 daqiqalik farqni inobatga olib belgilandi.