Qurbon hayitida necha kun dam olamiz?

    Mamlakatimizda 31 May 2025 2324

    “Muborak Qurbon hayitini nishonlash toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (30.05.2025-y.) qabul qilindi.

    Qarorga koʻra, 2025-yil 6-iyun Qurbon hayiti bayrami sifatida keng nishonlanadi.

    Shuningdek, 2025-yil 7-iyun (shanba) kuni 6 kunlik ish haftasi tartibi boʻyicha ishlaydigan xodimlar uchun qoʻshimcha dam olish kuni etib belgilandi.

    Shunday qilib, 6-iyun (juma) – Qurbon hayiti bayrami kuni – barcha uchun dam olish kuni,
    7-iyun (shanba) — 5 kunlik ish haftasidagi xodimlar uchun odatiy, 6 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun qoʻshimcha dam olish kuni;
    8-iyun (yakshanba) – dam olish kuni.