“Xavfsiz va sog‘lom yurt” tezkor-profilaktik tadbirlari doirasida Davlat xavfsizlik xizmati hamda Ichki ishlar organlari xodimlari hamkorligida poytaxtimizning Chilonzor tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Yunusobod tumanida yashovchi, 1992 y.t. shaxs to‘xtatilib tekshirildi.

Natijada unga tegishli bo‘lgan perforator qurilish asbobi ichiga 478 gr “Alfa-PVP” sintetik narkotik moddasi yashirilgani aniqlandi.

Aynan ushbu tumanda qayd etilgan boshqa holatda esa Mirzo Ulug‘bek tumanida istiqomat qiluvchi, 2009 y.t. shaxsga tegishli yog‘och kesuvchi asbob (benzopila) ichiga 107 gr “Alfa-PVP” moddasi yashirilgani fosh bo‘ldi.