Murojaatda ma'lum qilinishicha, fuqaro Qarshi shahri I.Karimov ko'chasida “Shovot maxsus bino qurilish” MCHJ tomonidan qurilayotgan ko'p qavatli uyning birinchi qavatida joylashgan savdo va maishiy xizmat ko'rsatish majmuasidan ikkita savdo do'konini jami 450 million so'mga sotib olish to'g'risida shartnoma rasmiylashtirgan.
O.eshqobilov shartnomada belgilangan mablag'ni tegishli tartibda sotuvchining hisobraqamiga to'liq o'tkazgan. Biroq mazkur ko'p qavatli uy Qarshi shahri hokimining tegishli qaroriga asosan foydalanishga qabul qilingan bo'lsa-da, “Shovot maxsus bino qurilish” MCHJ tomonidan shartnomada ko'rsatilgan savdo do'konlari fuqaroga topshirilmagan.
Ushbu murojaat federatsiyaning Qarshi shahri ijro etuvchi apparati tomonidan o'rganilganda, O.eshqobilovga berilishi kerak bo'lgan savdo do'konlariga bank tomonidan ajratilgan kreditning qaytarilishi kafolati sifatida taqiq qo'yilgani ma'lum bo'lgan.
Iste'molchiga etkazilgan zararni undirishni so'rab Fuqarolik ishlari bo'yicha Qarshi tumanlararo sudiga da'vo arizasi kiritildi. Sud “Shovot maxsus bino qurilish” MCHJ hisobidan iste'molchi O.eshqobilov foydasiga 450 million so'm hamda jarima sifatida 45 million so'm — jami 495 million so'm kompensatsiya undirish to'g'risida qaror chiqardi. SHuningdek, “Shovot maxsus bino qurilish” MCHJ hisobidan 19 million 800 ming so'm davlat boji undirildi, deya xabar bermoqda federatsiya matbuot xizmati.