Qurilish korxonalari 4 oyida 2,9 trln so‘mdan ortiq soliq to‘langan

    Moliya 3 Iyun 2023 1371

    2023-yil yanvar-aprel oylarida qurilish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi 35 200 ta yuridik shaxs tomonidan 2,9 trln so‘m soliq to‘langan.

    Shundan 409,8 mlrd soʻmi, yaʼni 14,1 foizi 20 ta korxona hisobiga toʻgʻri keladi.

    Ularning jami tovar aylanmasi 2,9 trln soʻmdan ziyod, qoʻllagan soliq imtiyozlari miqdori esa 6,2 mlrd soʻm.

    Eng koʻp soliq toʻlagan 20 ta korxona tomonidan qoʻllanilgan soliq imtiyozlari hamda toʻlangan soliqlar batafsil infografikada.

    Ushbu soliq toʻlovchilar tomonidan taʼminlangan tushumlar soliq turlari kesimida:

    QQS – 184,1 mlrd soʻm;

    foyda soligʻi – 99,1 mlrd soʻm;

    JSHODS - 52,4 mlrd soʻm; ijtimoiy soliq - 49,2 mlrd soʻm;

    yer soligʻi - 7,1 mlrd soʻm; boshqa soliqlar - 17,9 mlrd soʻm.