Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2021-yilning 1-noyabr holatiga respublikamizda jami 45 259 ta qurilish korxonalari faoliyat koʻrsatmoqda.
Bu oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 4 914 taga koʻp.
2021-yil yanvar-oktyabr oylarida 5 545 ta qurilish korxonalari yangi tashkil etilgan.
2021-yilning 1-noyabr holatiga Toshkent shahrida – 9 013 ta, Toshkent viloyatida – 3 946 ta, Fargʻona viloyatida – 3 656 ta qurilish korxonalari faoliyat yuritgan.