Ushbu qonun loyihasi bilan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga qurilish maydonlarida atmosfera havosini muhofaza qilish talablariga rioya qilmaganlik uchun javobgarlikni belgilovchi qoʻshimchalar va oʻzgartirish kiritilmoqda.

Muhokamalar davomida qonun loyihasini ikkinchi oʻqishga tayyorlash jarayonida masʼul qoʻmita tomonidan qator yigʻilishlar, seminarlar oʻtkazilgani, ularda deputatlar, siyosiy partiyalar fraksiyalari tomonidan berilgan takliflar chuqur tahlil qilingani va ularning aksariyati loyiha matnida aks ettirilib, u maromiga yetkazilgani qayd etildi.

Deputatlarning aytishicha, ushbu fqonun loyihasining qabul qilinishi fuqarolarning oʻz hayoti va sogʻligʻi uchun qulay atmosfera havosidan foydalanish huquqlarini taʼminlashga, tartibsiz ravishda tashlanadigan chang va qum zarrachalarining havoga koʻtarilishini bartaraf qilishga xizmat qiladi.

Majlisda qonun loyihasi uchinchi oʻqishda qabul qilindi.