Markazda qurilish-taʼmirlash ishlari olib borilib, zarur jihozlar va oʻquv jarayonida foydalaniladigan maxsus texnikalar bilan taʼminlandi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining maʼlum qilishicha, markaz 14 ta kasb boʻyicha oʻquv reja va oʻquv dasturlari bilan toʻliq taʼminlangan boʻlib, hozirda ushbu yoʻnalishlarda 300 nafar fuqaro oʻqishga qabul qilindi. Ular uch oy davomida bilim va tajribasini oshiradi va oʻqish yakunida ularga sertifikat beriladi, deb xabar beradi Respublikasi Transport vazirligi matbuot xizmati.