Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligiga taqdimnoma kiritildi

    Vazirlikning hududiy boʻlinmalaridagi jami 40 nafar mansabdor shaxs tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanib kelayotganligi aniqlandi.

    Korrupsiyaga qarshi kurash agentligi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligida korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyati samaradorligini tahlil qildi.

    Taʼkidlanishicha, Davlat idoralarining korrupsiyaga qarshi kurashishdagi faoliyati samaradorligi reyting baholash natijalariga koʻra, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi 71 ball bilan “qoniqarli” toifadan joy olgan.

    Tizimda 2023-yil 458 nafar shaxsga nisbatan 227 ta korrupsiyaviy jinoyat ishi sudlar tomonidan koʻrilgan.

    Kapital qurilish sohasida sodir etilayotgan korrupsiyaviy jinoyatlarga asosan qalbaki hujjatlardan foydalanib mablagʻlarni oʻzlashtirish, qonunbuzilish holatlariga koʻz yumish kabi omillar sabab boʻlmoqda.

    Vazirlikning hududiy boʻlinmalaridagi jami 40 nafar mansabdor shaxs tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanib kelayotganligi aniqlandi.

    Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan aniqlanishicha, 2023-yilda respublika boʻyicha 1630 ta qurilish roʻyxatdan oʻtkazilmagan.

    Vazirlik markaziy devonida 2 nafar, Sirdaryoda 17 nafar, Namangan va Fargʻona viloyatlarida 9 nafardan mansabdor shaxs muqaddam korrupsiyaviy jinoyatlar uchun sudlangan.

    Ochiqlik indeksining 2023-yil yakunlariga koʻra, vazirlik 52,1 ball (maksimal 100 balldan) bilan vazirliklar kesimida 16-oʻrinni egallagan holda “qizil” toifada qayd etilgan.

    Davlat idoralarining korrupsiyaga qarshi kurashishdagi faoliyati samaradorligi reyting baholash natijalariga koʻra, 71 ball bilan “qoniqarli” toifadan joy olgan.

    Tahlillar natijasida aniqlangan korrupsiyani keltirib chiqaruvchi sabab va shart-sharoitlarni bartaraf etish choralarini koʻrish toʻgʻrisida vazirlikka taqdimnoma kiritildi.