Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Andijon viloyati boshqarmalari tomonidan o'tkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar M.S. va boshqalar fuqarolar M.Q. va I.D.ning ishonchiga kirib, Andijon shahar, “M.” MFY hududida ko'p qavatli uy-joy va mehmonxona binosini qurilishiga ruxsatnoma hujjatlarini go'yoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida rasmiylashtirib berishlari evaziga 25 000 AQSH dollarini olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, tergov harakatlari o'tkazilmoqda.