Oʻzbekistonda ulush kiritish asosidagi uy-joy qurilishlari koʻpayib bormoqda.
Bu borada xaridorlar bilishi kerak boʻlgan ayrim jihatlar mavjud. Bugungi kunda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-maydagi “Koʻp kvartirali uylarni ulush kiritish asosida qurish jarayonini tartibga solish chora-tadbirlari haqida”gi qaroriga asosan ulush kiritish asosida qurish elektron platformasi shakllantirilgan.
Uy sotib olayotgan fuqaro xususiy tadbirkorlar tomonidan qurilayotgan uyning Qurilish vazirligi elektron platformasidan roʻyxatdan oʻtgan yoki oʻtmaganligini tekshirishi kerak.
Buning uchun uy olmoqchi boʻlgan fuqaro ushbu havola — https://mc.uz/ulushdor/ orqali qurilayotgan uyning roʻyxatdan oʻtganligini tekshirishi kerak. Bu havola orqali hamma uchun ochiq boʻlgan majmua nomi, quruvchi tashkilot nomi manzili va shu kabi maʼlumotlarni olish mumkin.