Ushbu hududlarda istiqomat qilayotgan aholini ogʻirini yengil qilish maqsadida, ularga “Oʻzbekneftgaz” AJning neft va gaz qazib chiqarish boshqarmalari hamda zavodlarida ishlab chiqarilgan suyultirilgan gazning asosiy qismi “Hududgaztaʼminot” AJ orqali kelishilgan grafiklar asosida toʻlaqonlicha yetkazib berilishi taʼminlanmoqda.
Buning uchun “Hududgaztaʼminot” AJning hududiy gaz taʼminoti filiallariga suyultirilgan gaz mahsuloti ular tomonidan taqdim etilayotgan gaz tashuvchi vagon-sisternalar va avtotransportlarga tasdiqlangan oylik reja–taqsimot asosida yuklab berish yoʻlga qoʻyilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 9-yanvardagi “Oʻzbekiston respublikasining 2020-2022-yillarga moʻljallangan investitsiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4563-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida “Oʻzbekneftgaz” AJning Boshqaruvi raisi topshirigʻi bilan yillik suyultirilgan gaz ishlab chiqarish quvvatlarini qoʻshimcha 200 ming tonnaga oshirish uddalandi.
Ushbu natijaga erishish uchun quyidagi 4 ta propan-butan aralashmasini olish qurilmalarini modernizatsiya qilish va qurish loyihalari amalga oshirildi:
Muborak gazni qayta ishlash zavodida Propan butan aralashmasini olish qurilmasining 1-, 2-, 3-tarmoqlarini modernizazli neftgaz qazib chiqarish boshqarmasining “Uchqir” oltingugurtdan tozalash qurilmasida propan butan aralashmasini olish qurilmasini qurib, foydalanishga topshirish natijdasida uning yillik ishlab chiqarish quvvati 80 ming tonna suyultirilgan gazni tashkil etdi; Shoʻrtan neftgaz qazib chiqarish boshqarmasatsiya qilish hisobiga suyultirilgan gaz ishlab chiqarish yillik quvvati 21,0 ming tonnani tashkil etdi;
Muborak gazni qayta ishlash zavodida Propan butan aralashmasini olish qurilmasining 4-tarmogʻini qurish natijasida uning yillik ishlab chiqarish quvvati 38,0 ming tonna suyultirilgan gazni tashkil etmoqda; Gida mavjud propan-butan aralashmasini olish qurilmasini (UPPBS-3/1,2,5) modernizatsiya qilish natijasida uning yillik ishlab chiqarish quvvati 61 ming tonna suyultirilgan gazni tashkil etdi.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 2021-yil 9-avgust kungi isteʼmolchilarni neft va gaz resurslari bilan barqaror taʼminlash masalalari boʻyicha oʻtkazgan yigʻilishda bergan topshiriqlari ijrosini oʻz vaqtida taʼminlash maqsadida eksportga rejalashtirilgan hajmlarni qisqartirish va koʻshimcha ishlab chiqarish hisobidan “Hududgaztaʼminot” AJning hududiy gaz taʼminoti filiallari orqali toʻla qamrov asosida aholi uchun viloyatlarmizning chekka qishloqlarigacha suyultirilgan gaz mahsulotini yetkazib berish ustuvorligi belgilab berildi.
Davlat rahbari tomonidan belgilab berilgan ustuvor vazifalarni bajarilishini taʼminlash maqsadida Muborak gazni qayta ishlash zavodida yangi raqamlashtirilgan avtomobillarga suyultirilgan gaz quyish shaxobchasi ishga tushirildi. Mazkur gaz toʻldirish shaxobchasi qurilmasi bir vaqtda 8 ta avtosisternaga suyultirilgan gaz mahsuloti quyishga moʻljallangan boʻlib, u avtomatik raqamlashtirilgan rejimda ishlaydi.
Qurilma xavfsizlikni taʼminlovchi nazorat oʻlchov asboblari bilan taʼminlangan. Avtotsisternalarga suyultirilgan gaz mahsuloti quyish jarayonlari nazorat qilish operator xonasida oʻrnatilgan markaziy raqamlashtirilgan kompyuterdan maxsus dastur orqali olib boriladi.
Mazkur zavodda avtomatlashtirilgan tizimni yoʻlga qoʻyish natijasida shaffoflik oshib, inson omili bilan bogʻliq boʻlgan talon-tarojliklarning oldi olish bilan bir qatorda aholi va ijtimoiy soha obʼktlari extiyoji uchun suyultirilgan gaz mahsulotini yuklab berilishini osonlashtiradi va tezlashtiradi.
Jamiyat tomonidan 2021-yilda aholi va ijtimoiy soha obʼktlari extiyoji uchun “Hududgaztaminot” AJga 590,0 ming tonna suyultirilgan gaz mahsuloti yetkazib berilgan boʻlsa, 2022-yilda esa 605,0 ming tonna suyultirilgan gaz mahsuloti yetkazib berish rejalashtirilgan boʻlib, bu esa, oʻz navbatida oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 102,5 %ni tashkil qilmoqda.
Oʻzbekneftgaz” AJning neft va gaz qazib chiqarish boshqarmalari va gazni qayta ishlash zavodi tomonidan aholi va ijtimoiy soha obyektlari uchun “Hududgaztaminot” AJning hududiy gaz taʼminoti filiallariga joriy yilning 2 oy yakunlari bilan 100,8 ming tonna suyultirilgan gaz mahsuloti yetkazib berildi. Bu esa, oʻz navbatida oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 2,6 ming tonnaga, oʻsish surʼati 102,6 %ga oʻsdi.
Shuningdek, “Oʻzbekneftgaz” AJ tomonidan “Hududgaztaʼminot” AJga 2026-yilga kelib 2022-yilga nisbatan 130 ming tonnaga (oʻsish surʼati 121 %) koʻp suyultirilgan gaz mahsuloti yetkazib berish rejalashtirilgan holda, bundan tashqari qoʻshimcha imkoniyatlardan foydalanish masalasi ham oʻrganib chiqilmoqda..
Bu boradagi ishlar “Oʻzbekneftgaz” AJ tomonidan alohida nazoratga olingan boʻlib, kunlik amalga oshirilgan ishlar yuzasidan maʼlumot rahbariyatga taqdim etib borilmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-yanvardagi 4-sonli bayonining ijrosini taʼminlash hamda aholi va ijtimoiy soha obyektlari isteʼmoli uchun zarur boʻlgan suyultirilgan gazni bir maromda uzluksiz va sifatli yetkazib berish maqsadida “Oʻzbekneftgaz” AJ tomonidan amalga oshiriladigan chora-tadbirlar, shuningdek, investitsiya loyihalari natijasida ishlab chiqarish miqdorlarining koʻpayishi hisobidan belgilangan miqdorlarni oʻrnatilgan tartibda yuklab berilishini taʼminlash uchun barcha mavjud imkoniyatlardan foydalanilmoqda.
Oʻzbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati