Xitoy Xalq Respublikasida ishlab chiqarilgan Shooting Game deb ataluvchi mahsulot kimyoviy jiddiy tahdidli hisoblanadi. Toʻplam plastik nishoni, oʻyinchoq telefoni, plastik oʻyinchoq toʻpponchasi va 3 ta soʻrgʻichli snaryadlardan iborat.

Xavfli tomoni shundaki, oʻyinchoqning oʻq soʻrgʻichlarida ortiqcha miqdordagi bis (2-etilgeksil) ftalat (DEHP) (oʻlchov qiymati: ogʻirligidan 5,1%) va dibutilftalat (DBP) (oʻlchov qiymati: ogʻirligidan 11%) mavjud. Ushbu ftalatlar yosh bolalar sogʻligʻi uchun xavfli boʻlib, reproduktiv tizimiga jiddiy zarar yetkazishi mumkin. Mahsulot REACH qoidalari talablariga javob bermaydi.

Oʻrov-idishi: Yuza qismi shaffof rangli blister va orqa qismi karton bilan qadoqlangan.