Qushbegidagi quvur ishlab chiqarish sexida yongʻin sodir boʻldi

    Bugun, 11-sentyabr kuni soat 12:40 atrofida Toshkent shahar Yakkasaroy tumani Qushbegi koʻchasida joylashgan plastik quvurlar ishlab chiqarish sexida yongʻin sodir boʻldi.

    Voqea joyiga yongʻin-qutqaruv ekipajlari soat 12:46 da yetib borib, yongʻin soat 13:08 da qurshab olingan va soat 13:15 da toʻliq bartaraf etilgan.

    Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, qurbonlar va jabrlanganlar yoʻq. Yetkazilgan zarar miqdori va yongʻin sabablari aniqlanmoqda.

    Voqea joyiga favqulodda vaziyatlar vaziri va Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasi boshligʻi yetib borgan.