Yaqinda Oʻzbekiston tumanida Sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati Fargʻona viloyati boshqarmasi hamda tuman boʻlimi mutaxassislari, viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, sogʻliqni saqlash, veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmalari hamkorligida maxsus oʻquv-taktik mashgʻulotlari tashkillandi.
Tadbir davomida mutaxassislar tomonidan “Hayvonlardan jarohatlanish boʻyicha hududlar kesimidagi epidemiologik vaziyat, aholiga antirabik yordam koʻrsatishda yuzaga kelayotgan muammolar”, “Quturish kasalligi klinikasi va profilaktikasi” kabi mavzularda maʼruzalar oʻqildi.
Oʻtkazilgan maxsus oʻquv-taktik mashgʻulotlarida qarovsiz qolgan hayvonlarni tutish va yoʻqotish, turli xil oʻta xavfli kasalliklarning oldini olish boʻyicha koʻrgazmali tadbirlar oʻtkazildi, amaliy mashgʻulotlar bajarildi hamda mutaxassislar tomonidan tavsiyalar berildi.
9-fevral kuni Qoʻshtepa tumanida ham ushbu kasallikka qarshi kurashish boʻyicha oʻquv-mashgʻulot oʻtkazilgan edi