Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Quva tumani boʻlimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, muqaddam tovlamachilik jinoyati uchun sudlangan I.S. fuqarolar D.Q. va M.R.ni tanishlari yordamida Qoʻqon temir yoʻllari muhandislik texnikumiga 2 400 AQSH dollari evaziga oʻqishga kiritib qoʻyishga kelishib, shundan 1 200 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Departamentning Shahrixon tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro A.A. boshqa bir fuqaro R.X.ning ishonchiga kirib, uni tanishlari yordamida qoʻshni Qirgʻiziston Respublikasidagi universitetning tibbiyot fakultetiga hech qanday imtihonlarsiz oʻqishga kiritib qoʻyish evaziga 1 800 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.