Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Quvasoy shahar boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, AT “Xalq bank” shahar filiali boʻlim boshligʻi B.U. taʼminotchi “Q.Q.”, “Q.M.” fermer xoʻjaligi rahbarlari bilan oldindan til biriktirib, “Har bir oila - tadbirkor” dasturi doirasida 15 nafar fuqarolar nomiga naslli chorva mollari yetkazib berish va issiqxona qurish uchun ajratilgan 460,5 mln soʻm maqsadli kredit mablagʻlarini naqdlashtirib, talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Xuddi shunday, ATB “Agrobank” Margʻilon shahar filiali mansabdor shaxslari 3 nafar fuqarolarning nomiga ularning xabardorligisiz 122,7 mln soʻm kredit mablagʻlarini soxta hujjatlar orqali rasmiylashtirib, kredit mablagʻlarini “G.F.” MCHJga oʻtkazish orqali naqdlashtirib, talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (talon-toroj qilish) va 228-moddasi (hujjatlarni qalbakilashtirish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.