Ochilish marosimida so'z olgan viloyat rahbari, Davlatimiz rahbarining alohida e'tiborlari natijasida aholini zamonaviy, arzon va sifatli uy-joy bilan ta'minlash borasida so'nggi yillarda olib borilayotgan ulkan ishlarga to'xtalib, 2022- yilda viloyatda 4 ming 737 xonadonli 153 ta ko'p qavatli uy-joy qad rostlaganini, joriy 2023- yilda esa jami bu ko'rsatkich qariyb ikki barobar oshib, 7 ming 927 xonadonli 212 ta ko'p qavatli zamonaviy uy-joylar qurilishi amalga oshirilayotganini qayd etdi.

Aholi uchun qulay va shinam, barcha zamonaviy sharoitlarga ega bo'lgan ushbu turar-joy majmuasini barpo etgan pudratchi tashkilot rahbari Mo'ydinjon G'ofurovga alohida minnatdorchilik bildirgan viloyat rahbari, shakllanayotgan ushbu yangi massiv uchun qo'shimcha ijtimoiy soha ob'ektlari barpo etish masalasi ham hal etilishini bildirdi.

Viloyat hokimi bilan muloqot chog'ida yangi uy egalari Muhtaram Prezidentimizning aholini har tomonlama qo'llab quvvatlashga hamda turmush farovonligini oshirishga qaratilgan siyosatidan o'z minnatdorchiliklarini izhor qildilar.