Fuqaro M.E.ga Quvasoy shahar IIB profilaktika inspektori A.J tomonidan huquq va majburiyatlari tushuntirilib, harakatida pora berish jinoyati borligi va jinoiy javobgarlikka tortilishi haqida bir necha marotaba ogohlantirilib, jinoyatdan qaytarishga harakat qilinishiga qaramasdan, pora taklif qilishda davom etgan.

Mazkur holat yuzasidan, Oʻzbekiston Respublikasi IIV OʻXB Fargʻona viloyati boʻyicha boʻlimi hamda Quvasoy shahar prokuraturasi xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, fuqaro M.E. Quvasoy shahar IIB profilaktika inspektori A.J.ning xizmat xonasida 1.000.000 soʻm miqdoridagi pulni pora tariqasida bergan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan ushlanib, ushbu pullar xolislar ishtirokida daliliy ashyo tariqasida rasmiylashtirib olindi.

Mazkur holat yuzasidan tegishli tartibda protsessual hujjatlar rasmiylashtirilib, Quvasoy shahar prokuraturasiga yuborildi.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati