Loyiha qiymati 45 mln. yevroga teng boʻlib, birinchi bosqichda 2000 bosh qoramol parvarishlanadi. Ayni paytda goʻsht va sut yoʻnalishidagi mazkur zamonaviy chorvachilik majmuasining loyihasi tasdiqlanib, uni bunyod etish chora-tadbirlari rejasi ishlab chiqilgan. Qurilish ishlari kelgusi yilning birinchi choragida boshlanadi.
Klasterga Ukraina, Qozogʻiston, Fransiya, Gollandiya kabi davlatlardan mahsuldorligi yuqori boʻlgan naslli qoramollar keltiriladi. Masalan, boʻrdoqichilik uchun Aberdeen- Angus zoti parvarishlanadi.
Kelgusida klasterda yetishtirilgan sut va goʻshtni chuqur qayta ishlashni ham yoʻlga qoʻyish, tayyor mahsulotlarni eksport qilish rejalashtirilgan.
Majmua 2021-yilning birinchi yarmida foydalanishga topshirilishi moʻljallanmoqda.