Birinchilar qatorida yetib kelgan hududiy profilaktika inspektori katta leytenant Ulugbek Abdanbekov vaziyatga tezda baho berib, o'zini pastga tashlamoqchi bo'lgan fuqaro bilan muloqotga qirishadi va o'z hayotini xatarga qo'yib yuqoriga ko'tarila boshlaydi.
Mavjud xavf-xatarga qaramay, profilaktika inspektori elektr uzatish liniyasining ustuniga chiqishni davom ettiradi va fuqaroning pastga tushishiga yordam berib, uning hayotini saqlab qoladi.
Surishtiruv davomida, 49 yoshli G'ayratjon M. bir kun avval do'stlari bilan spirtli ichimliklar iste'mol qilib, bozorga qanday va nima uchun kelganini hamda elektr ustunga nima sababdan chiqib olganini eslay olmasligini ma'lum qilgan, deyiladi t.me/burgutuzb telegram sahifasida.