Qayd etilishicha, “Navoiy“ chegara bojxona postiga piyoda holda kirib kelgan fuqaro bojxona nazoratidan oʻtayotgan vaqtda, uning xatti-harakatlarida shubhali holatlar kuzatilgani sababli, bojxona xodimi tomonidan belgilangan tartibda shaxsiy koʻrikdan oʻtkazildi.
Shaxsiy koʻrik natijasida fuqaroning tanasidan umumiy ogʻirligi 1 028 gramm boʻlgan quyma tilla boʻlaklari aniqlandi.
Ashyoviy dalil sifatida olingan mazkur oltin buyumlarining umumiy qiymati 1 milliard 312 million soʻmni tashkil etdi.