Tadqiqotda Massachusets texnologiya instituti (MIT) mutaxassislari va xitoylik olimlar ishtirok etishdi. Olimlar chuchuk suv tanqisligi muammosini dolzarb deb atashdi va uni dengiz suvidan olishning arzon va ekologik toza usulini taklif qilishdi.
Olimlar quyosh energiyasida ishlaydigan maxsus qurilma yordamida dengiz suvini chuchuklashtirishni o'rganishdi. Dengiz suvi rezervuarga quyiladi va keyin baraban va quyosh nuri ta'sirida bug'lanadi. Mashina hosil bo'lgan tuzni chiqaradi va suv bug'ini toza ichimlik suvi shaklida to'playdi.
Mutaxassislarning hisob-kitoblariga ko'ra, bir soat ichida mashina 4-6 litr ichimlik suvi ishlab chiqarishi mumkin, deb xabar beradi lenta.ru.
“Birinchi marta quyosh nuri ta'sirida ishlab chiqarilgan suv vodoprovod suvidan ham arzonroq bo'lishi mumkin”, dedi MIT tadqiqotchisi Lenan Chjan.