Foydali model quyosh texnologiyasi sohasiga, xususan, quyosh energiyasi yordamida suvni isitish, turar-joy, fuqarolik va sanoat binolari va kommunal ob'ektlarni issiqlik bilan ta'minlashda qo'llaniladi.
Foydali modelning analoglardan afzalligi — issiqlikni to'plash samaradorligini oshirish va issiqlik qabul qiluvchi panellarni demontaj qilish va yig'ishda qulaylikni ta'minlashdan iborat.
Foydali model muallifi O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi "Fizika-Quyosh" ilmiy ishlab chiqarish birlashmasining Fizika-texnika institutiga FAP 01691 raqamli patent berildi, deb xabar bermoqda Intellektual mulk agentligi axborot xizmati.