Film postanovkachi rejissyori Eldar Salavatov, rassom Yuriy Fomenko, prodyuserlar Eduard va Kristina Gorbenko, rejissyor Tanya Sulyayeva. Kuni kecha oʻzbekistonlik va rossiyalik kinoijodkorlardan tashkil topgan ijodiy guruh Toshkent viloyati Boʻstonliq tumanining Burchmulla qishlogʻida boʻlishdi.
“Quyosh lazzati” filmi ijodkorlari shuningdek, tasvirga olish joylarini koʻzdan kechirish maqsadida Buxoro va Samarqandga ham tashrif buyurishlari kutilmoqda. “Quyosh lazzati” filmi oilaviy tomosha kilishga moʻljallangan fantastik-sarguzasht janrida suratga olinadi.
Eslatib oʻtamiz, “Oʻzbekkino” Milliy agentligi 2020-yil oktyabr oyida Rossiyaning “Sputnik Vostok Prodakshn” kinokompaniyasi bilan “Quyosh lazzati” filmini suratga olish boʻyicha memorandum imzolagan edi.