Oʻzbekiston Kinematografiya agentligi hamda Rossiyaning “Sputnik Vostok Prodakshn” kinokompaniyasi bilan hamkorlikda “Solnse na vkus” (“Quyosh lazzati”) filmi suratga olinmoqda. Buxoro va Samarqand viloyatlaridagi suratga olish ishlaridan soʻng xorijiy kinoijodkorlar Toshkentda oʻz ishlarini davom ettirishmoqda.

Sarguzasht, fentezi janridagi ushbu film ko-produksiya shaklidagi ilk hamkorlikdagi loyihalaridan biridir. Filmni suratga olayotgan “Sputnik Vostok prodakshn” kinokompaniyasi soʻnggi yillar dunyodagi yirik striming xizmati Netflix bilan yaqin hamkorlik aloqalarini oʻrnatgan.

Hozirda “Quyosh lazzati” kartinasini ham Netflix platformasida taqdim etish boʻyicha muzokaralar olib borilyapti. Soʻnggi yillarda Kinematografiya agentligi xorijiy kinokompaniyalar bilan ko-produksiya usulida ishlashni keng miqyosda yoʻlga qoʻydi. Bunday loyihalarda oʻzbekistonlik ijodkorlar va ayniqsa, yoshlarning ishtirok etayotgani tajriba toʻplash va malaka oshirish imkonini taqdim etmoqda. Bundan tashqari bu kabi loyihalar Oʻzbekistonni dunyo ekranlari orqali dunyoga tanitishda ulkan ahamiyat kasb etadi.

Oʻzbekiston Kinematografiya agentligi hamda Rossiyaning “Sputnik Vostok Prodakshn” kinokompaniyasi bilan hamkorlikda “Solnse na vkus” (“Quyosh lazzati”) ko-produksiya filmi suratga olinmoqda. Buxoro va Samarqand viloyatlaridagi suratga olish ishlaridan soʻng xorijiy kinoijodkorlar Toshkentda oʻz ishlarini davom ettirishmoqda.

Sarguzasht, fentezi janridagi ushbu film ko-produksiya shaklidagi ilk hamkorlikdagi loyihalaridan biridir. Filmni suratga olayotgan “Sputnik Vostok prodakshn” kinokompaniyasi soʻnggi yillar dunyodagi yirik striming xizmati Netflix bilan yaqin hamkorlik aloqalarini oʻrnatgan.

Hozirda “Quyosh lazzati” kartinasini ham Netflix platformasida taqdim etish boʻyicha muzokaralar olib borilyapti. Soʻnggi yillarda Kinematografiya agentligi xorijiy kinokompaniyalar bilan ko-produksiya usulida ishlashni keng miqyosda yoʻlga qoʻydi. Bunday loyihalarda oʻzbekistonlik ijodkorlar va ayniqsa, yoshlarning ishtirok etayotgani tajriba toʻplash va malaka oshirish imkonini taqdim etmoqda. Bundan tashqari bu kabi loyihalar Oʻzbekistonni dunyo ekranlari orqali dunyoga tanitishda ulkan ahamiyat kasb etadi.

Filmda Oʻzbekistonga sayohati davomida sarguzashtlar ummoniga tushib qolgan oddiy moskvalik oila haqida hikoya qilinadi. Shuningdek, Buxoro amiri xazinasini izlash, uni taʼqib qilish, doʻstlik mavzusi, oilaviy mojarolar tasvirlanadi.

Postanovkachi rejissyor Eldar Salavatov, rassom Yuriy Fomenko, prodyuserlar Aleksandr Kessel va Firdavs Abduxoliqov, rejissyor Tatyana Sulyayeva. Ssenariy esa rossiyalik taniqli ssenarist Oleg Malovichkoga tegishli. Aytib oʻtish joizki, “Troskiy”, “Metod” seriallari va “Soyuz spaseniye”, “Prityajeniye”, “Yolki” kabi filmlarni ssenariysini yozgan Malovichko kuni kecha Rossiyaning Top5 eng yaxshi ssenaristlari roʻyxatida 3 oʻrinni egalladi.

Filmda oʻzbek va rus yulduzlari ham ishtirok etishadi: Andrey Merzlikin, Aleksandr Ilin, Muhammadiso Abdulxairov va boshqalar.
Suratga olish ishlari Moskva, Buxoro, Samarqand, Toshkent shahri va viloyatida boʻlib oʻtadi. Syomka jarayonlari nafaqat Chorvoq kabi goʻzal landshaftlar, balki Oʻzbekistonning tarixiy yodgorliklari: Registon, Goʻri Amir, Samarqanddagi Mirzo Ulugʻbek rasadxonasi, Buxorodagi Ark qalʼa-muzeyi, masjid va Minorai Kalonda boʻlib oʻtdi.

“Solnse na vkus” kinokartinasi 2021-yilning kuz mavsumida premyera qilinishi rejalashtirilgan. Xorijiy studiya va agentlik oʻrtasidagi kelishuvga asosan filmning dunyo prokatidan tushgan foydaning 25 foizlik ulushi Kinematografiya agentligiga tegishli va Oʻzbekistonda namoyish etish boʻyicha barcha huquqlardan foydalanadi.

Kinematografiya agentligi Axborot xizmati