“Astronomlar Quyosh tizimidan tashqaridagi sayyorani suratga olish uchun NASAning Jeyms Uebb kamerasidan ilk bor foydalanishdi. Ekzosayyora – tosh sirtiga ega boʻlmagan gazli gigant boʻlib, hayot uchun yaroqsizdir” deb qayd etadi NASA oʻz saytida.

Agentlik tomonidan eʼlon qilingan toʻrtta tasvirda HIP 65426 b sayyorasi aks ettirilgan.

NASAning maʼlum qilishicha, HIP 65426 bning vazni Yupiterdan 6-12-martagacha yuqori. Yoshi esa taxminan 15-20 million yilga teng. Bu yoshi 4,5 milliard yilga teng deb baholanadigan Yerdan ancha yosh ekanini anglatadi.

Mazkur ekzosayyora 2017-yilda Chilida joylashgan Yevropa Janubiy Observatoriyasi tomonidan aniqlangandi, deyiladi ria.ru saytida.