Quyoshda ikki yil ichida faollik ortgan – tadqiqot

    Solar Orbiter fazoviy kemasi tomonidan olingan suratlar Quyoshning ikki yil ichida qanchalik o'zgarganini ko'rsatadi.

    Mazkur fazoviy kemasi Quyoshning yangi suratlarini oldi, ularda quyosh dog'lari paydo bo'lish jarayoni aks ettirilgan.

    Olimlarning fikriga ko'ra, 2019-yilda quyosh faolligi nisbatan past bo'lgan va faqat bir nechta quyosh dog'lari bo'lgan. O'shandan beri faollik asta-sekin o'sib bordi. 2021-yilning fevral oyidagi suratda Quyosh ancha “sokin” bo'lgani aks etgan, biroq o'tgan yilning oktabr oyida olingan suratda vaziyat keskinlashgani ko'rsatilgan.

    Ushbu sikl 2025-yilda eng yuqori nuqtaga yetishi kutilmoqda, deb xabar beradi korrespondent.net.