Quyoshda qolgan plastik suv idishlari saratonga olib kelishi mumkin – tadqiqot

    Quyoshda qolgan 6 turdagi plastik suv idishlari Jinan universitetining Guangdong laboratoriyasi tomonidan oʻrganib chiqildi.

    Ularning barchasidan ultrabinafsha nurlanishi va issiqlik taʼsirida chiqadigan alkan, alken, spirt, aldegid, kislota va kanserogenlar kabi zararli kimyoviy moddalar topilgan.

    Tadqiqotda ultrabinafsha va quyosh nurlanishida chiqariladigan moddalarning turlari va zararlari chuqur oʻrganilgan. Laboratoriyaning yetakchi tadqiqotchisi Doktor Huase Ouning taʼkidlashicha, bunday idishlardan tez-tez foydalanish xavfli oʻsmalarga olib kelishi mumkin. “Tadqiqotimiz plastik suv idishlari quyosh nuri taʼsirida sogʻliq uchun xavf tugʻdiruvchi zaharli birikmalarni chiqarishi haqida ishonchli dalillar beradi. Isteʼmolchilar bu xavflardan xabardor boʻlishlari kerak”, – dedi u.

    Tadqiqotchilar ichimlik suv xavfsizligini kafolatlash uchun saqlash sharoitlarini jiddiy nazoratga olish va inson salomatligiga zarar yetkazmaydigan materiallar ustida ishlash kerakligini tavsiya qilyapti.