Quyoshda ulkan “teshik” paydo bo'ldi

    NASA olimlari Quyoshda uning aylanasining chorak qismini egallagan ulkan koronal teshikni aniqlashdi.

    Olimlar tushuntirganidek, bu hudud soniyasiga 800 kilometr tezlikda harakatlanadigan quyosh shamolining kuchli oqimlarini Yerga yo'naltrishga imkon beruvchi ochiq magnit maydon bilan ajralib turadi.

    Mutaxassislar geomagnit bo'ronlar chastotasining oshishini bashorat qilishmoqda, bu sun'iy yo'ldoshlar, GPS-navigatsiya tizimlari va radioaloqa ishiga salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkin. Qutb yog'dusining ko'payishi kutilmoqda, bu hatto qutb mintaqalaridan tashqarida ham ko'rinadi.

    Shifokorlar, ob-havoga sezgir odamlarning sog'lig'ining yomonlashishi, jumladan bosh og'rig'i, qon bosimining pasayishi va charchoq paydo bo'lishi mumkinligi haqida ogohlantirmoqda.

    Koronal teshiklar – Quyoshdagi plazma harorati va zichligi sezilarli darajada pasaygan hududlar. Bunday hududlar ultrabinafsha yoki rentgen nurida olingan tasvirlarda quyosh tojidagi qora dog'lar sifatida namoyon bo'ladi. Ushbu zonalarda plazma zichligi atrofdagi toj hududlariga qaraganda yuz baravar past bo'lishi mumkin, deb xabar beradi 24.kg.