Obyekt onlayn-auksionda gʻolib boʻlgan tadbirkorga mulk huquqi asosida cheklanmagan muddatga, boshqa tadbirkorlarga oʻtkazish huquqi bilan biriktirilishini maʼlum qiladi YHXBB. Lotning joy dislokatsiyasi, hududdagi transport oqimi va oxirgi 2 yilda aniqlangan qoidabuzarliklar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ochiq eʼlon qilinadi.

Hozirda:

Xorazm viloyati, Bogʻot tumanida radar va kameralar oʻrnatish huquqi savdoga chiqarildi. Ushbu lotda 4 ta intellektual videokamera va 2 ta statsionar radar oʻrnatilishi belgilangan:

Xorazm viloyati, Xiva shahrida radar va kameralar oʻrnatish huquqi savdoga chiqarildi. Ushbu lotda 4 ta intellektual videokamera va 1 ta statsionar radar oʻrnatilishi belgilangan:

Namangan viloyati, Kosonsoy tumanida radar va kameralar oʻrnatish huquqi savdoga chiqarildi. Ushbu lotda 1 ta intellektual videokamera va 1 ta statsionar radar oʻrnatilishi belgilangan.

Yaqin fursatlarda boshqa hududlardan ham bu singari huquqlarning savdoga chiqarilishi koʻzda tutilgan.