Unga koʻra, quyidagilar “Radiatsiya va yadro xavfsizligi ilmiy-texnik markazi” davlat muassasasi faoliyatining asosiy yoʻnalishlari etib belgilandi:
— radiatsiya va yadro xavfsizligi sohasida davlat siyosatini yuritish va tartibga solish boʻyicha ilmiy tadqiqotlar hamda ilmiy-texnik ishlar asosida takliflar (tavsiyalar) ishlab chiqish;
— atom energiyasidan foydalanish obyektlarining va (yoki) atom energiyasidan foydalanish sohasidagi faoliyatning xavfsizligini asoslashga doir ekspertiza oʻtkazish;
— atom energiyasidan foydalanish sohasida radiatsiya va yadro xavfsizligi boʻyicha normativ bazani rivojlantirish va takomillashtirish;
— radiatsiya va yadro xavfsizligi masalalari boʻyicha davlat dasturlari, xalqaro loyihalar hamda dasturlarni ishlab chiqishda, shuningdek, nazorat va litsenziyalash faoliyatini texnik, tahliliy hamda eksperimental qoʻllab-quvvatlashda ishtirok etish;
— radiatsiya va yadro xavfsizligi sohasida ilgʻor texnologiyalardan foydalangan holda ilmiy asoslangan xavfsizlik, modellashtirish va hisoblash tahlilini oʻtkazish;
— radiatsiya va yadro xavfsizligini tartibga solish sohasida maʼlumotlar bazalarini ishlab chiqish, yaratish, shakllantirish va saqlash;
— oʻz vakolati doirasida xalqaro hamkorlikni amalga oshirish.