Rafael Grossi: MAGATE Eron yadro quroli ishlab chiqarayotgani haqida hech qanday dalil topmadi

    Xalqaro atom energiyasi agentligi (MAGATE) Eronning yadro quroli yaratishga urinishlarini tasdiqlovchi ma'lumotlarga ega emas.

    Tasnim agentligining xabar berishicha, bu haqda MAGATE bosh direktori Rafael Grossi CNN telekanaliga bergan intervyusida ma'lum qildi, deb xabar beradi report.az.

    “Biz yadro quroli yaratish bo'yicha tizimli harakatlarning isbotini topmadik”, dedi Grossi.

    U Eron yadro qurolini yaratishi uchun kerak bo'ladigan muddat haqidagi bayonotlarga shunday javob berdi: “Bu, shubhasiz, yaqin kelajak masalasi emas, balki keyingi bir necha yil masalasi ham emas. Bular faqat taxminlar”.

    Grossining aytishicha, agentlik inspektorlari Eronning tinch yadroviy faoliyati haqida to'liq ma'lumotga ega emas: “Men yadro quroli ishlab chiqarishga oid dalillarni ko'rmadim”.