Oʻzbekiston Respublikasining Xotin-qizlar gender tenglikni taʼminlash masalalari boʻyicha Komissiyasi, YEXHTning Oʻzbekistondagi loyihalari koordinatori tomonidan tashkil etilgan mazkur treningda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qoʻmitasi raisi Malika Kadirxanova, xalqaro ekspertlar Undariya Tumursux va Tashia Petersen ishtirok etmoqda. Bundan asosiy maqsad xotin qizlarga nisbatan gender kamsitishlarni aniqlash va ularning inson huquqlari himoya qilish boʻyicha mahalliy yetakchi ayollarning individual va jamoaviy salohiyatini oshirishdan iborat.

Unda Fargʻona, Andijon va Namangan viloyatlaridan ayollar masalalari boʻyicha maslahatchilar, boshqaruvdagi ayol rahbarlar ishtirok etmoqda. Trening dasturidan Gender muammolari va ularning kelib chiqish sabablarini aniqlash, Kamsitish holatlarini aniqlash, asl tenglik tushunchasi kabi dolzarb mavzular oʻrin olgan, deb xabar beradi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati matbuot xizmati.