Qarorga koʻra, maktablar kamida bitta sport turiga ixtisoslashtiriladi va ularda har oyda kamida bitta sport turi boʻyicha sport musobaqalari oʻtkaziladi.

2021/2022 oʻquv yilidan boshlab:

● ekstremal sport va sport turizmi boʻyicha kadrlar tayyorlash maqsadida Jismoniy tarbiya va sport universiteti hamda uning filiallarida alohida kafedra ochiladi;

● “Sport tadbirlarini sharhlovchi”, “Yirik sport tadbirlarini tashkillashtirish (promouter)” hamda “Ommaviy sportni rivojlantirish va sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish” boʻyicha magistratura mutaxassisliklariga qabul boshlanadi.

2020-yil 1-dekabrdan 
barcha davlat organlari va tashkilotlari hamda hokimlar va oʻrinbosarlariga “Shaxsiy namuna” tamoyili asosida haftada kamida bir marta avtomobillardan foydalanmagan holda ishga kelishi va ketish tavsiya etildi;

2021-yildan boshlab 22-sentyabr kuni respublika boʻyicha “Avtomobilsiz kun” sifatida eʼlon qilindi.

2021-yil 1-aprelga qadar mahallalar, qishloqlar, tumanlar, shaharlardagi piyoda va velosipedda yurish uchun moʻljallangan “Salomatlik yoʻlaklari” tashkil etiladi. Mazkur yoʻlaklarda avtomobil qoʻyishni taqiqlovchi belgilar va yoʻlaklarning boshlanish qismiga maxsus toʻsiqlar oʻrnatiladi.