Rimdagi (Italiya) yonilg'i quyish shoxobchasida sodir bo'lgan portlash va undan keyingi yong'in oqibatida 35 ga yaqin kishi jarohat oldi. Bu haqda RAI News 24 telekanali xabar berdi.
Uning ma'lumotlariga ko'ra, yaqin atrofdagi ko'plab binolar, jumladan, ta'lim muassasalari zarar ko'rgan. O't o'chiruvchilar yong'inni bartaraf etishgan, deb xabar beradi tass.ru.









