Ramazon hayiti kunlari tibbiyot muassasalari uzluksiz ishlaydi

    40 ming nafar tibbiyot xodimi qonunda belgilangan tartibda, navbatchilik asosida aholiga xizmat koʻrsatadi.

    Sogʻliqni saqlash vazirligi muborak ayyom va dam olish kunlarida davolash-profilaktika muassasalarining 40 ming nafar tibbiyot xodimi qonunda belgilangan tartibda, navbatchilik asosida aholiga xizmat koʻrsatishini maʼlum qildi:

    • 1257 ta koʻp tarmoqli va oilaviy poliklinika,
    • 1080 ta oilaviy shifokor punkti,
    • 1002 ta mahalla tibbiyot punkti,
    • tuman, viloyat va respublika shifoxonalari,
    • ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari,
    • tibbiyot oliy oʻquv yurtlari klinikalari.

    Shuningdek, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi, uning hududlardagi 13 ta filiali, tumanlardagi 181 ta shoshilinch tibbiy yordam qabul boʻlimi hamda tumanlararo qoʻshma shikastlanishlar va oʻtkir qon-tomir kasalliklari markazlarida 24 soat davomida navbatchi shifokor va hamshiralar faoliyat yuritadi.

    Yurtimiz boʻyicha 2755 ta tez tibbiy yordam brigadasi aholidan boʻladigan chaqiriqlar asosida kunu tun xizmat koʻrsatadi.

    Bundan tashqari, 227 ta tugʻuruq, 245 ta bolalar davolash muassasaci ham uzluksiz ish olib boradi.

    Respublika Call-markazi (1003) orqali tibbiyotga tegishli savollaringizga malakali mutaxassislardan kechayu kunduz javob olish mumkin.