Taʼkidlanishicha, mazkur ishchi guruhning vakillari yurtimizning turli hududlarida hamda AQSH, Turkiya, Janubiy Koreya va Rossiya mintaqalarida ham kuzatish ishlarini olib bormoqda.
Taniqli ulamolar va malakali mutaxassislardan iborat mazkur ishchi guruh Ramazon hayitining birinchi kuni – Shavvol hilolini astronomik tahlillar hamda xorijiy davlatlardagi mutaxassislar bilan hamkorlik asosida kuzatishmoqda.
"Ushbu ishchi guruh kuzatish natijalarini Oʻzbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar Kengashiga taqdim etadi.
Ramazon hayitining birinchi kuni haqidagi maʼlumotlar Ulamolar Kengashi tomonidan koʻrib chiqiladi va tegishli xulosalar qabul qilinadi", deyiladi xabarda.