Qarorga koʻra, quyidagi toifadagi shaxslarga 1 mln soʻmdan 1-martalik moddiy yordam koʻrsatiladi:
- Ijtimoiy reyestrning “davlat taʼminotidagi oila” toifasidagi oilalarga;
- oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz yashovchi hamda yolgʻiz keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarning reyestridagi fuqarolarga;
- yetim va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar yashayotgan oilalarga.
Ijtimoiy reyestrning “kambagʻal oila” toifasidagi hamda “mahalla yettiligi” tomonidan shakllantirilgan qoʻshimcha roʻyxatdagi ehtiyojmand oilalarga 500 ming soʻmdan 1-martalik moddiy yordam koʻrsatiladi.
Ijtimoiy reyestrdagi oilalarning 6 ming nafar bemor aʼzolarining davolanishi va jarrohlik amaliyotini oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlari qoplab beriladi.
2026-yil 1-martga qadar Roʻyxat asosida oilalarning ijtimoiy karta yoki bank plastik kartalariga bir martalik moddiy yordam oʻtkazib beriladi.