Qarorga koʻra, quyidagi toifadagi shaxslarga 1 mln soʻmdan 1-martalik moddiy yordam koʻrsatiladi:

  • Ijtimoiy reyestrning “davlat taʼminotidagi oila” toifasidagi oilalarga;
  • oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz yashovchi hamda yolgʻiz keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarning reyestridagi fuqarolarga;
  • yetim va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar yashayotgan oilalarga.

Ijtimoiy reyestrning “kambagʻal oila” toifasidagi hamda “mahalla yettiligi” tomonidan shakllantirilgan qoʻshimcha roʻyxatdagi ehtiyojmand oilalarga 500 ming soʻmdan 1-martalik moddiy yordam koʻrsatiladi.

Ijtimoiy reyestrdagi oilalarning 6 ming nafar bemor aʼzolarining davolanishi va jarrohlik amaliyotini oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlari qoplab beriladi.

2026-yil 1-martga qadar Roʻyxat asosida oilalarning ijtimoiy karta yoki bank plastik kartalariga bir martalik moddiy yordam oʻtkazib beriladi.