Bu haqda Turizm qoʻmitasi maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, mazkur tashabbus joriy yil 19-fevral sanasidan 20-martga qadar davom etadi.
Mazkur tashabbus Ramazon oyining maʼnaviy muhitini mehmonlar uchun yanada qulay va mazmunli tashkil etish, mehmondoʻstlik xizmatlari sifatini oshirishga qaratilgan.
Mehmonxonalarda saharlik dasturxonlari milliy taomlar, halol mahsulotlar hamda sogʻlom ovqatlanish tamoyillariga mos ravishda tashkil etilib, mehmonlarga qulay sharoitlar yaratilmoqda.