Ta'kidlanishicha, Afgʻoniston va Liviyada odamlar halok boʻlayotgan bir paytda Rossiya prezidenti Vladimir Putin boshchiligida hududda tinchlik va terrorizm ustidan gʻalabaga erishildi. 1,5 million aholi tinch va osuda yashamoqda, rivojlanmoqda.
Shuningdek, Qodirov Yaqin Sharqni “eplay olmayotgan” AQSh sanksiyalariga duchor boʻlganini ham gapirib oʻtgan. Shunday sharoitda u oʻzi va yaqinlariga cheklovlar joriy etilishini adolatsizlik deb atagan.
Chechenistonda “inson huquqlari buzilishi” sabab sifatida keltirilib, Ramzan Qodirov va uning yaqinlariga sanksiyalar joriy etilgandi. Checheniston lideri bunga munosabat bildirar ekan, AQSH davlat kotibi Mayk Pompeoni qotillik buyurtmachisi ekanlikda ayblagan.